Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Serbiya armiyasini shay holatga keltirdi

Serbiya armiyasini shay holatga keltirdi

Serbiya prezidenti Aleksandr Vuchich mamlakat armiyasini jangovar shaylikning eng yuqori darajasiga keltirishni buyurdi. Bu haqda mamlakat Mudofaa vazirligi rahbari Milosh Vuchevich Twitter’dagi sahifasida ma’lum qildi.

Vuchevichning ta’kidlashicha, u buni oliy qo‘mondon sifatida qilgan. Uning qayd etishicha, jangovar tayyorgarlikning eng yuqori darajasi «qurolli kuchlardan foydalanish darajasiga tayyorlik»ni bildiradi.

Avvalroq, Kosovo hukumati ham o‘z qurolli kuchlarini to‘liq jangovar shay holatga keltirgandi. NATOning Kosovo va Metoxiyadagi xalqaro missiyasiga (KFOR) yaqin bo‘lgan nashr manbalarining ma’lum qilishicha, 1,5 ming askar mintaqa shimolida o‘rnatilgan barrikadalarni yo‘q qilish uchun operatsiya o‘tkazishga hozirlik ko‘rmoqda.

Kosovo mojarosi tarixi haqida ma’lumot.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring