Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Sayyora Xodjayeva rus tili to‘g‘risidagi murojaatga aloqasi borligini rad etdi

Sayyora Xodjayeva rus tili to‘g‘risidagi murojaatga aloqasi borligini rad etdi

Foto: «Feysbuk»

«Demokratiya va inson huquqlari» instituti direktori Sayyora Xodjayeva rus tiliga Davlat tili maqomini berish bo‘yicha murojaatga hech qanday aloqasi yo‘qligini ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida ma’lum qilib o‘tdi.

«Qadrli do‘stlar!

Aloqam bo‘lmagan narsaga javob yozishni o‘zimga ep ko‘rmagan edim. Ammo, yemagan somsaga pul to‘lashni ham xohlamayman.

Shu kunlarda, ijtimoiy tarmoqlarda keng muhokama qilinayetgan til masalasidagi murojaatnomaga oid bahs-munozaralarga mening aloqam yo‘qligi to‘g‘risida oydinlik kiritishni lozim, deb hisoblayman. Shuning uchun bo‘lgan voqeani boshidan batafsil yozishga qaror qildim.

Shu yil, 2-mayda jurnalist-bloger Ali Qaxxorov menga telefon qilib, rus tili bo‘yicha murojaatnomaga qo‘l qo‘yibsiz, deb, shu bo‘yicha intervyu olmoqchi ekanini ma’lum qildi. Men taajjublandim, hayron qolib, qanaqa murojaatnoma, qachon chiqqanini zudlik bilan menga yuborishini iltimos qildim. U buni tasdiqlashi mumkin.

30 aprel kuni vesti.uz da chiqqan murojaatnomani ko‘rib, darhol ushbu sayt rahbarini kimligini va telefonlarini qidirishga tushdim va A.V.Berezovskiy ekanini aniqlab, ulardan men bu hujjatni yozmaganimni, tayyorlashda ishtiroq etmaganimni va qo‘l qo‘ymaganligim sababli murojaatchilar safidan familiyamni olib tashlashni talab qildim. A.V.Berezovskiy ham buni tasdiqlay oladi. Shunday qilib, mening familiyam, mening talabimga ko‘ra olib tashlandi.

Bundan 3 oycha oldin jurnalist A.M.Xodjayev, rus tilining ahamiyati haqida fikr so‘ragan edi. Til bilish insonning o‘zi uchun, dunyoqarashni kengaytirish va o‘z huquqlarini qayerga borganda ham ximoya qilish uchun muhim vosita degan fikrimni doimo aytib kelganman. Bu gapimdan toymayman, chunki bu fikrim faqat rus tiligagina taaluqli emas. Mening fikrimni boshqacha talqin qilib, o‘z mulohazalarini bildirgan inson uchun men javob bermayman.

Shunday qilib, bu murojaatnomani go‘yoki men ham yozgandek tuhmatlarga qolib ketdim va menga fikr bildirayotganlar, mening sha’nimga bo‘lmag‘ur fikrlar bayon qilmoqdalar. Mening sha’nimga aytilayetgan bo‘lmag‘ur, noloyiq mulohazalarni bildirayetgan shaxslar, voqeani tuzukroq va chuqurroq o‘rgansalar, o‘z obro‘larini bunchalik to‘kmagan bo‘lur edilar.

To‘g‘ri, xalq orasida juda ko‘p bo‘laman, dangalchi, to‘g‘riso‘zman, bu esa ayniqsa ayrim mansabdorlarga yoqavermaydi, lekin men islohotlarga ichim kuyganidan, xalqimiz va yurtimiz ravnaqiga befarq bo‘lmaganim uchun shunday yo‘l tutaman va ahvolni, qaysi lavozimda bo‘lishimdan qat’iy nazar, tuzatishga harakat qilaman.

Ongli hayotim davomida shu xalqqa hizmat qilishni o‘zimga faxr deb bildim. Buni men ishlagan va rahbar bo‘lgan joylardagi xalqdan so‘rang!

Boshqacha qilib aytganda: “Mening kimligimni - el bilsa bo‘ldi...”

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring