«Saytdagi xaritani tuzatib qo‘ying»: rus elchisi Xalqaro olimpiya qo‘mitasiga murojaat qildi
Qrim yarimoroli Ukraina tarkibida ko‘rsatilgan xaritani Xalqaro olimpiya qo‘mitasi (XOQ) tuzatib qo‘yishi lozim. Bu talabni Rossiyaning Yaponiyadagi elchisi ilgari surdi.
«Qrim Rossiya Federatsiyasining ajralmas qismi hisoblanadi, uning tegishlilik masalasi uzil-kezil, istisnolarsiz yopilgan. Shundan kelib chiqib, MOQ va Tokio olimpiadasi tashkilotchilari ko‘rsatilgan xaritaga Qrim haqiqatga mos huquqiy va ob’yektiv reallikka muvofiq tasvirlanadigan tuzatishlar kiritishlari kerak», — deyiladi Rossiya elchixonasi «Facebook»da qoldirgan postda.
Rus elchisi eslab o‘tgan «xato xarita» MOQ rasmiy saytining Tokio-2020 Olimpiya o‘yinlari «Jadvallar va natijalar» bo‘limida joylashgan.
Qizig‘i, 22-iyul kuni Ukraina tashqi ishlar vazirligi ham shu xarita masalasida norozlik bildirgandi: Qrim va Ukraina o‘rtasiga chegara tushib qolgan ekan. MOQ darrov aybni provayderga ag‘darib, kechirim so‘ragan va xatoni bir pasda tuzatishga va’da bergandi. Qiziq, endi kimni «aybdor» qilisharkan...
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter