Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

YeXHT kuzatuvchilari: «Saylov komissiyalari a’zolarining malakasi oshdi»

YeXHT kuzatuvchilari: «Saylov komissiyalari a’zolarining malakasi oshdi»

Foto: Xabar.uz

YeXHT\DIIHB  saylov komissiyalari a’zolarining  malakasi oshganini qayd etdi.

YeXHT\DIIHB Missiyasining  Prezident saylovini kuzatish natijalari  bo‘yicha taqdim etgan dastlabki hisobotida ana shu xulosa bildirildi. Byuro vakillarining fikricha, saylov komisiyalari a’zolarining  malakasi oshgan.

YeXHT\DIIHB Missiyasining  qayd etishicha, joriy yilning may oyidan avgustiga qadar, saylov komisiyalari a’zolari uchun onlayn va oflayn formatda  qator treninglar o‘tkazilgan. Ayni damda, treninglar formati,  davomiyligi va jadvali sezilarli darajada farq qilgan, bu saylov komissiyalari a’zolarining professional ko‘nikmalarini oshirishga xizmat qilgan.

Prezident saylovi davlat va xalq hayotidagi muhim siyosiy voqea ekanini hisobga olib,  barcha darajadagi  saylov komissiyalari zimmasiga  katta mas’uliyat yuklandi.

Shu munosabat bilan MSK saylov komissiyalari a’zolarining  bilimini saylov qonunchiligi va xalqaro standartlarga muvofiq,  tizimli asosda shakllantirishni o‘z oldiga muhim vazifa qilib belgiladi.

MSK tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti sayloviga tayyorgarlik ko‘rish dasturi tasdiqlandi. Unga ko‘ra, barcha okrug va uchastka saylov komissiyalari a’zolari uchun seminar-treninglar, o‘quv mashg‘ulotlari, anjumanlari va davra suhbatlari  o‘tkazildi.

Belgilangan vazifalardan kelib chiqib, saylov komissiyalari a’zolarining malakasini oshirishni tashkillashtirish Konsepsiyasi  tasdiqlandi. Unga muvofiq,  saylov komissiyalari a’zolarining  saylov qonunchiligi  va saylovlarda zamonaviy axborot texnologiyalaridan foydalanish bo‘yicha uslubiy bilimlari va  amaliy ko‘nikmalarini  oshirishga qaratilgan uch bosqichli seminar-treninglar tashkil etildi.

Shningdek, saylov komissiyalari a’zolari uchun YeXHT, BMT Taraqqiyot dasturi, Demokratiya va huquq instituti ekspertlari ishtirokida treninglar ham o‘tkazildi.

Treninglarda okrug saylov komissiyalari raislari, ularning o‘rinbosarlari, kotiblar va a’zolari ishtirok etishdi.

Seminarlar Davlat boshqaruvi akademiyasi, Toshkent davlat yuridik universiteti professor-o‘qituvchilari tarkibidan tashkil topgan  ekspert guruhi tomonidan  ishlab chiqilgan o‘quv dasturi va o‘quv-uslubiy materiallar asosida o‘tkazildi.

Bo‘lib o‘tgan saylov kampaniyasining o‘ziga xos jihati shundaki, okrug saylov komissiyalari tarkibida keksa avlod vakillarining ishtiroki bo‘ldi. Ularning soni oldingidan ancha ko‘p bo‘ldi: 31 yoshgacha bo‘lgan yoshlar soni 9 foizni tashkil etgan bo‘lsa, 41 yoshgacha bo‘lgan saylovchilar soni 28 foizni tashkil etdi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring