Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

«Uch oy jarayonlarning bevosita ishtirokchisi va kuzatuvchisi bo‘ldim» — saylovchi taassurotlari

«Uch oy jarayonlarning bevosita ishtirokchisi va kuzatuvchisi bo‘ldim» — saylovchi taassurotlari

Siyosiy huquqlarimdan foydalangan holda mahallamda joylashgan saylov uchastkasiga soat 8:00da chiqdim. Men kabi mas’uliyat bilan ertalabda ovoz berish uchun kelganlar talaygina edi. Saylov uchastkasida saylovchilar uchun barcha shart-sharoitlar yaratilgan, nomzodlarning tarjimai holi, ularning saylovoldi dasturlari ilingan, barcha karantin qoidalariga amal qilgan holda ish tashkil etilgan. Yig‘ilganlar birgalikda davlatimiz madhiyasini faxr bilan kuyladik. So‘ngra otaxonu-onaxonlar Vatanimiz tinchligi, yurt ravnaqi va xalqimiz farovonligi uchun duolar qilishdi.

Joriy yilgi Prezidentlik saylovlariga start berilgan kun 23 iyuldan boshlab siyosiy jarayonlarning bevosita ishtirokchisi hamda kuzatuvchisi bo‘ldim. Mustaqil ekspert sifatida mazkur jarayon bo‘yicha o‘zimning fikr va munosabatlarimni facebookdagi sahifam va OAV orqali nashr etib bordim.

Umuman olganda yangi qabul qilingan Saylov kodeksi asosida tashkil etilgan Prezidentlik saylovlari ko‘plab ijobiy xotiralar bilan esda qoladi. Bu yilgi saylovlarda nomzodlarning o‘z tashabbuslari, g‘oyalari, fikrlari, nuqtai-nazarlarini emin-erkin ifodalashi shuningdek, dastlabki teledebatlarning o‘tkazilishi, ekspert fikrlari ko‘rsatuvlarining uzatilishi manzur bo‘ldi.

Fuqarolik burchim, hur Vatanning ozod fuqarosi sifatida o‘zim munosib deb bilgan nomzodga ovoz berdim!

Saylovchi Anvarjon Mirkomilov

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring