Sayfullo Soipovga 260 yil qamoq jazosi berildi
2017 yilning 31 oktyabrida Nyu-York markazida velosipedchilar yo‘lagida harakatlanib ketayotgan tinch aholi ustiga kichik yuk avtomobili (pikap)ni haydab, 8 kishining o‘limiga va yana 10 dan ortiq kishi jarohatlanishiga sabab bo‘lgan o‘zbekistonlik Sayfullo Soipov 8 ta ketma-ket umrbod qamoq jazosiga hukm qilindi. Bu haqda ABC News xabar bermoqda.
«Soipov o‘z maqsadi imkon qadar ko‘proq odam o‘ldirish bo‘lganini, qilgan ishidan mamnunligini aytdi. U jilmayib, shifoxona xonasida IShID bayrog‘ini osib qo‘yishlarini so‘ragan. Terrorchi hujumni amalga oshirish uchun 1 yil vaqt sarflaganini va buni rejalashtirish uchun ikki oy vaqt ketganini tan oldi», – deyiladi bayonotda.
Asli o‘zbek millatiga mansub bo‘lgan Saipov sudyaning prinsipial pozitsiyasi tufayli o‘lim jazosidan qutulishga muvaffaq bo‘ldi, buning o‘rniga sud uni afv etish imkoniyatidan holi tarzda umrbod qamoq jazosiga mahkum qilingan.
Sudya Vernon Broderik terrorchi tavba qilmaganini qayd etgan. Amerika sud-huquq tizimiga binoan Sayfullo Soipov hammasi bo‘lib 8 ta ketma-ket umrbod qamoq jazosi, 260 yillik qamoq va 2 ta parallel umrbod qamoq jazosini olgan.
Ma’lumot uchun, Sayfullo Soipov 2017 yilning 31 oktyabrida Nyu-York markazida velosipedchilar yo‘lagida harakatlanib ketayotgan tinch aholi ustiga kichik yuk avtomobili (pikap)ni haydab, 8 kishining o‘limiga va yana 10 dan ortiq kishi jarohatlanishiga sabab bo‘lgan edi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter