Savdo markaziga kiraverishda dam olayotgan ayiqni suratga olishdi
AQShning Minnesota shahrida savdo markaziga kirish eshigining yonida dam olayotgan ayiqni suratga olishdi, deya xabar berdi «UPI».
Pandemiya tufayli yopib qo‘yilgan savdo markazi qorovuli Rayan Karlson eshikning yoniga joylashib olgan ayiqni tasvirga oldi.
Uning aytishicha, ertalab soat uchlarda hududni avtomobilda aylanib chiqayotganda jonivorni ko‘rib qolgan. Yirtqich hayvon kunduzi mijozlarning uyiga yemak yetkazib berish bilan shug‘ullanayotgan tamaddixona eshigining yonida yotgandi.
Karlson ayiqning rasmlarini savdo markazi direktori Keti Kazga topshirdi. U esa ijtimoiy tarmoqlarga joyladi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter