Saudiyalik malikaning qimmatbaho taqinchoqlari o‘g‘irlandi
Saudiya Arabistoni qirollik oilasidan bir malikaning Parijdagi mehmonxonada 800 ming yevro qiymatidagi taqinchoqlari o‘g‘irlandi. Bu haqda «Haber7.com» sayti xabar bermoqda.
«France Bleu» nashrining yozishicha, o‘g‘irlik o‘tgan juma kuni sodir bo‘lgan.
Fransiya poytaxti Parij shahrining Vendom maydonidagi muhtasham mehmonxonada qo‘nim topgan, ismi oshkor qilinmagan malikaning 800 ming yevro qiymatidagi taqinchoqlari o‘g‘irlangani ma’lum bo‘ldi. Malika bu haqda politsiyaga shikoyat qilgan.
Tekshiruvlar natijasida taqinchoqlar seyfda saqlanmagani, xonaning eshigi buzilmagani aniqlangan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter