Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Saudiyada murakkab ahvolga tushgan o‘zbekistonliklarga yordam berilmoqda

Saudiyada murakkab ahvolga tushgan o‘zbekistonliklarga yordam berilmoqda

Foto: Pexels. com

Saudiya Arabistonida qiyin ahvolga tushib qolgan o‘zbekistonliklar haqida ma’lumot berildi

O‘zbekistonning Jidda shahridagi Bosh konsulxonasi Makka va Madina shaharlariga kelgan va qaytish bilan bog‘liq muayyan qiyinchiliklarga duch kelgan o‘zbekistonlik ziyoratchilar haqida axborot e’lon qildi. 

"So‘nggi paytlarda ijtimoiy tarmoqlarda Umra amalini bajarish uchun Makka va Madina shaharlariga kelgan va Vatanimizga qaytish bilan bog‘liq muayyan qiyinchiliklarga duch kelgan o‘zbekistonlik ziyoratchilar haqida ma’lumotlar tarqalmoqda, – deyiladi Tashqi ishlar vazirligi bayonotida. – Ta’kidlash joizki, yurtdoshlarimizning safarlari xususiy sayyohlik kompaniyalari tomonidan tashkil etilgan. Mazkur holat aviaqatnovlarni amalga oshirishdagi texnik nosozliklar, shuningdek, turistik kompaniyalarning bu kabi safarlarni tashkil etishda zaruriy malaka va tajribaga ega emasligi tufayli yuzaga kelgan.

Hozirda O‘zbekiston Transport vazirligi va boshqa mutasaddi idoralar bilan birgalikda yurtdoshlarimizni qaytarish bo‘yicha barcha choralar ko‘rilmoqda, qo‘shimcha reyslar jadvali tuzildi.

2024-yil 4-fevral holatiga ko‘ra, ziyoratchilarning bir qismi O‘zbekistonga qaytarildi, qolgan fuqarolarimiz ham yaqin fursatlarda Vatanimizga yuboriladi.

O‘zbekistonning Ar-Riyoddagi elchixonasi va Jidda shahridagi Bosh konsulxonasi vaziyatni o‘z nazoratiga olgan va doimiy ravishda monitoring olib bormoqda hamda yurtdoshlarimizga zarur konsullik, huquqiy va boshqa yordamlarni ko‘rsatmoqda.

Yuqoridagilardan kelib chiqib, fuqarolarimizdan xotirjamlikni saqlashga va Saudiya Arabistonidagi amaldagi qoidalarga rioya qilishlariga chaqiramiz" deyiladi xabarda.  

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring