Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Saudiya Arabistoni Ukraina bo‘yicha o‘zining tinchlik rejasini taqdim etdi

Saudiya Arabistoni Ukraina bo‘yicha o‘zining tinchlik rejasini taqdim etdi

Joriy yilning 5-6 avgust kunlari Saudiya Arabistonining Jidda shahrida Ukrainadagi mojaroni hal qilish bo‘yicha 42 davlat vakillari ishtirokida muzokaralar bo‘lib o‘tdi.

Unda Ukraina, AQSh, G‘arb mamlakatlari, Braziliya, Hindiston va Xitoy kabi davlat vakillari qatnashgan.

Saudiya Arabistoni taklif qilayotgan tinchlik dasturi Ukraina hududiy yaxlitligini saqlash, barcha yo‘nalishlarda o‘t ochishni to‘xtatish, BMT nazorati ostida tinchlik muzokaralarini boshlash, asirlar almashish kabi bandlarni o‘z ichiga oladi.

Shuningdek, Ukraina Saudiya Arabistonida bo‘lib o‘tgan muzokaralarda Rossiya bilan qo‘shinlarni butun hududdan olib chiqish majburiy talabisiz tinchlikni muhokama qilishga rozi bo‘lgan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring