Saudiya Arabistoni o‘z yadroviy dasturini rivojlantiradi
Toza energiyaga o‘tish «murakkab»ligi bois, dunyoga moslashuvchanlik kerak, bu haqda 12 yanvar kuni Ar-Riyodda o‘tkazilgan foydali qazilmalarni qazib olishga bag‘ishlangan anjumanda Saudiya Arabistoni shahzodasi, energetika vaziri Abdulaziz bin Salmon al-Saud bayonot berdi.
Uning aytishicha, o‘z uran zaxiralari imkoniyatlaridan foydalanish uchun podshohlik yadroviy dasturini rivojlantiradi.
Dunyoning eng yirik neft eksport qiluvchisi o‘z energetik balansini diversifakitsiyalash uchun yadro energetikasidan foydalanmoqchi.
«Bizda ulkan uran zaxiralari bor va ulardan foydalanishni istaymiz. Hamkorlarni jalb etish uchun bu ish shaffof tarzda amalga oshiriladi», — dedi energetik vaziri. Uning qo‘shimcha qilishicha, Saudiya Arabistoni uran qazib oladi va qayta ishlaydi.
Shahzoda podshohlik o‘z energetika strategiyasini e’lon qilishini ma’lum qildi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter