Saudiya Arabistoni neft narxining qulashi haqida ogohlantirdi
Saudiya Arabistoni energetika vaziri, shahzoda Abdulaziz bin Salmon OPEKning boshqa a’zolarini bir barrel neft narxi 50 dollargacha qulashi haqida ogohlantirdi. Ya’ni boshqa a’zolar neft qazishni qisqartirish borasidagi kelishuvni buzishda davom etsa bu ish amalga oshadi, deb yozdi The Wall Street Journal.
Ogohlantiruv qolgan ishtirokchilar tomonidan pardalangan tahdid sifatida qabul qilingan. Shahzoda, ayniqsa, OPEK+ oldidagi majburiyatiga rioya qilmayotgan Iroq va Qozog‘istondan norozi.
Tahdid shundan iboratki, Saudiya Arabistoni neft chiqarishni keskin ko‘paytirib, narxlar urushi boshlashga tayyor. Narxlar vaqtincha pasayishi hisobiga saudiyaliklar bozorda pasayib borayotgan ulushini saqlab qolish va hatto ko‘paytirish imkoniyatiga ega bo‘lishi mumkin.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter