Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Saudiya Arabistoni Livan elchisiga mamlakatni tark etishi uchun 48 soat muhlat berdi

Saudiya Arabistoni Livan elchisiga mamlakatni tark etishi uchun 48 soat muhlat berdi

Foto: «The Times of Israel»

Saudiya Arabistoni hukumati Livan elchisini mamlakatdan chiqarib yuboryapti, unga 48 soat muhlat berildi. Bu haqda 29-oktyabr kuni «Saudi Gazette» xabar berdi.

Saudiyaliklar Livandagi o‘z elchisini ham maslahat uchun chaqirirtirgan.

Diplomatik mojaroga Livan axborot vaziri Georg Kordaxi «Al-Jazeera» telekanaliga avgust oyida bergan intervyu sabab bo‘ldi. U Saudiya Arabistoni boshchiligidagi koalitsiyaning Yamandagi harakatlarini agressiya deya baholagandi.

Livanning MTV kanali o‘z manbalariga asoslanib xabar berishicha, Fors ko‘rfazidagi arab davlatlari hamkorlik kengashining barcha mamlakatlari (Saudiya Arabistonidan tashqari Qatar, Kuvayt, BAA, Bahrayn va O‘mon a’zo) Livan bilan diplomatik munosabatlarni uzishga tayyor.

O‘z navbatida, Livan bosh vaziri Najib Mikati Saudiya Arabistonining qaroridan afsusda ekanini bildirdi. Uning aytishicha, Bayrut saudlar podshohligi o‘z qarorini qayta ko‘rib chiqishidan umidvor va vaziyatni o‘nglash uchun bor kuch va salohiyatini sarflaydi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring