Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Sardor Umurzoqov yana bir kengashga rahbarlik qiladi

Sardor Umurzoqov yana bir kengashga rahbarlik qiladi

Sardor Umurzoqov.

Prezident qaroriga asosan Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti «Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti» milliy tadqiqot universiteti deb qayta nomlandi.

Qarorga muvofiq Universitet faoliyatini muvofiqlashtirish bo‘yicha boshqaruv kengashi tashkil etildi va universitetning moliyaviy hamda boshqa strategik masalalarini hal qilish vakolati mazkur kengashga berildi.

Boshqaruv kengashiga Bosh vazir o‘rinbosari — investitsiyalar va tashqi savdo vaziri Sardor Umurzoqov rahbarlik qiladi.

Shuningdek, universitetda Transformatsiya ofisi ham ta’sis etilmoqda.

Transformatsiya ofisi universitetni transformatsiya qilish va kompleks rivojlantirish dasturini amalga oshirish hamda 2025-yilga qadar xalqaro tan olingan tashkilotlarning oliy ta’lim muassasalari reytingida birinchi 1000 talik ro‘yxatga kiritish kabi masalalar uchun mas’ul bo‘ladi.

Shu bilan birga, Universitetga 2022/2023-o‘quv yilidan boshlab akademik hamda tashkiliy-boshqaruvdagi mustaqillik sohasi bo‘yicha qator vakolatlar beriladi. Bundan tashqari, Universitet 2022 yil 1 yanvardan boshlab o‘zini o‘zi moliyalashtirish tizimiga o‘tadi.

Eslatib o‘tamiz, Sardor Umurzoqovning «egallab turgan lavozimlari» avvalroq muhokamalarga sabab bo‘lgandi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring