Sardor Umurzoqov maktab yerlarini o‘zlashtirish bilan bog‘liq masalani o‘rganish bo‘yicha topshiriq berdi
Prezident Administratsiyasi rahbari Sardor Umurzoqov davlat rahbari Shavkat Mirziyoyev topshirig‘iga binoan ta’lim tizimidagi muammolarga bag‘ishlangan yig‘ilish o‘tkazdi.
Ma’lum bo‘lishicha, maktabga tegishli yer uchastkalari va binolarni faqat Xalq ta’limi vazirining roziligi bilan olib qo‘yish va uchinchi shaxslarga berish to‘g‘risidagi Prezident qarori chiqarilganiga qaramay, mazkur qonun hujjatlari talablari buzilgan 198 ta holat aniqlangan.
Natijada 70 gektar yer maydoni va 19 ta bino maktablar tasarrufidan tortib olingan yoki hokimlarning noqonuniy qarorlari asosida o‘zboshimchalik bilan egallab olingan. Xususan, vazir ruxsatisiz yerlar davlat zaxirasiga, uy-joy yoki ijtimoiy soha ob’yektlari qurilishi uchun olib qo‘yilgan.
Yig‘ilishda Bosh prokuraturaga ushbu holatni nazoratga olish, qonuniy choralar ko‘rish va yerlarni qaytarib berish yuzasidan sudga murojaat qilish topshirildi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq bu borada rekord Andijon viloyatiga tegishli ekani: naqd 61 ta maktab hududlari bervorilgani xabar qilingandi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter