Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Sardor Umurzoqov «egallab turgan lavozimlar»ga munosabat bildirildi

Sardor Umurzoqov «egallab turgan lavozimlar»ga munosabat bildirildi

Bosh vazirning o‘rinbosari Sardor Umurzoqov.

Ijtimoiy tarmoqlarda va onlayn nashrlarda O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari Sardor Umurzoqov go‘yoki qo‘shimcha ravishda egallab turgan lavozimlari haqida xabar berildi.

Vazirlik axborot xizmati ma’lum qilishicha, S.Umurzoqov Bosh vazir o‘rinbosari, investitsiyalar va tashqi savdo vaziri lavozimida faoliyat yuritadi va boshqa barcha tilga olingan lavozimlar alohida lavozimlar hisoblanmaydi hamda bajariladigan vazifalar doirasida qo‘shimcha majburiyat va funksiyalarni nazarda tutadi.

Qayd etilishicha, Tarif va notarif tartibga solish Kengashi, JSTga a’zo bo‘lish bo‘yicha idoralararo komissiya va Tashqi savdo, investitsiyalar, mahalliy sanoatni rivojlantirish va texnik jihatdan tartibga solish masalalari bo‘yicha Hukumat komissiyasi kabi kollegial organlarga rahbarlik qilish Vazirlik vakolatiga kiradigan, biroq boshqa vazirliklar, idoralar, tarmoq birlashmalari, tijorat banklari hamda mahalliy hokimiyat organlarining ishtirokini talab qiladigan masalalarni hal qilishga imkon beradi.

S.Umurzoqovning To‘g‘ridan-to‘g‘ri investitsiyalar jamg‘armasi, ATB «O‘zagroeksportbank», «O‘zbekinvest» EISK AJ va boshqa shu kabi tashkilotlar Kuzatuv Kengashlarining raisi darajasidagi ishtiroki ushbu idoralarning eng yirik aksiyadori bo‘lgan Hukumat vakili sifatida yilda bir necha marta o‘tkaziladigan uchrashuvlar davomida faoliyatining natijalari va strategik yo‘nalishlarini muhokama qilish bilan chegaralanadi, deyiladi xabarda.

Umuman olganda, ko‘plab mamlakatlarda shakllangan amaliyotga ko‘ra, yuklatilgan vazifalarni eng samarali tarzda bajarish hamda u yoki bu masalalarni hal etish doirasida turli idoralarning samarali muvofiqlashtiruvini ta’minlash maqsadida Hukumat a’zolari turli kollegial organlar va komissiyalar tarkibiga kiradilar.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring