Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Sardobalik ayol yoshlar o‘z uyida ish bilan ta’minlanishi, turmush farvon bo‘lishiga ishonmoqda

Sardobalik ayol yoshlar o‘z uyida ish bilan ta’minlanishi, turmush farvon bo‘lishiga ishonmoqda

«Sardoba» suv omboridagi falokat natijasida birinchi o‘rinda talofat ko‘rgan aholi turar joylarini ta’mirlash va yangidan qurish bo‘yicha olib borish bo‘yicha mamlakatimiz bo‘ylab katta safarbarlik harakati boshlandi. Bugungi kunga kelib ko‘plab odamlar o‘z qadrdon go‘shalariga qaytmoqda, turmush sharoitlarini o‘nglab, to‘kis hayot kechira boshlamoqda. Toshqindan zarar ko‘rgan Sardoba, Oqoltin va Mirzaobod tumanlarida tez fursatda barpo etilgan uylar o‘z egalariga toshirilmoqda.

Suv toshqinidan zarar ko‘rgan Oqoltin tumanidagi Shodlik, Uchtom, Navbahor, Ahillik va Saxovat mahallarida talofatdan ko‘p o‘tmay birinchi galda aholi turar joylarni tiklash bo‘yicha keng ko‘lamda ishlar tashkil etildi. Sirdaryoliklarga ko‘mak qo‘lini cho‘zgan Qashqadaryo, Samarqand, Surxondaryo, Toshkent viloyatlari hamda Toshkent shahridan 5 mingga yaqin malakali quruvchilar, 350 dan ziyod texnika vositalari aholi xonadonlarini ta’mirlash, tiklash va ijtimoiy infratuzilmani yangilash ishlariga jalb etildi. Hozirda ushbu hududlarda zamonaviy qiyofada qad rostlagan 700 ga yaqin uy-joylarga aholi qaytmoqda, odamlar qadrdon go‘shalarida yangidan hayot boshlamoqda.

— Bizning mahallamizdagi uylar 1971 yilda qurilgan. Talofatgacha bu uylar ta’mirtalab ahvolda edi, — deydi Oqoltin tumanidagi «Uchtom» mahallasida yashab kelayotgan Xadicha Bo‘riboyeva. — Gaz, ichimlik suvi yo‘q edi. Mana hozir ko‘rsangiz, uylar juda chiroyli ta’mirlangan, gaz, suv keltirildi. Uy-ro‘zg‘or jihozlarini berishdi.

Surxondaryoliklarga va boshqa hududlardan kelgan hasharchilarga katta raxmat. Qisqa fursatda mahallamizni shahar darajasiga yetkazib qo‘ydi. Issiqxonlar qurib berishdi. Endi unda hosil yetishtirishni ham Surxondaryodan kelib bizga o‘rgatmoqchi. Xudo xohlasa, yoshlarimiz o‘z uyida ish bilan ta’minlanadi, turmushimiz farvon bo‘ladi.

 

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring