Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Sardoba toshqini tufayli zarar yetgan ekin maydonlari aniqlandi

Sardoba toshqini tufayli zarar yetgan ekin maydonlari aniqlandi

Sardoba toshqini ortidan talofat ko‘rgan ekin maydonlari aniqlandi. Dastlabki hisob kitoblar bo‘yicha jami suv toshqinidan zarar ko‘rgan Sirdaryo viloyatining Sardoba, Oqoltin va Mirzaobod tumanlari ekinzorlarining umumiy maydoni 19 592 gektarni tashkil etib, shundan 5 361 gektar Sardobaga, 8 723 gektar Oqoltinga, 5 508 gektar Mirzaobod tumaniga to‘g‘ri keladi.

Dastlabki natijalarga ko‘ra 3 ta tumanda 127 gektar hosilli bog‘lar jumladan, Mirzaobod tumanida 34 gektar, Oqoltin tumanda 54 gektar va Sardobada 39 gektar maydonlar talofat ko‘rgan.

Xo‘sh, Sirdaryoning zarar ko‘rgan 3 ta tumanida bu borada qanday ishlar bajarildi?

Ishchi guruhi tomonidan Markaziy tarmoqda 3,8 km 3 ta tumanda 9,5 km xo‘jaliklararo kanallar to‘liq tiklandi.

Zarar ko‘rgan maydonlar - g‘alladan 3 958 gektari, paxtadan 7 623 gektari,boshqa ekinlardan 3932 gektari buzilib, 3 260 gektar chigit, 9 027 gektar dukkakli, 1 570 gektar sabzavot-poliz ekinlari ekildi.

1 656 ga maydonning meliorativ holati yaxshilandi.

Bugungi kunda 4 111 gektar maydonga chigit, 134,5 gektar mosh, 38 gektar poliz va 31 gektar boshqa ekinlar ekildi. Jumladan Sardoba tumanida 1624 gektar chigit, 11 gektar mosh va 8 gektar poliz, Oqoltin tumanida 1 210 gektar chigit va 94 gektar mosh, Mirzaobod tumanida 1 277 gektar chigit, 30 gektar poliz, 30 gektar mosh va 31 gektar boshqa einlar ekildi.

Qo‘shimcha 4 253 gektar maydonga barcha tumanlarda chigit ekildi.

Talofat ko‘rgan g‘o‘za maydonlarining 2 054 gektar (21%), g‘alla maydonlarining 2 026 gektarida buzilmasdan agrotexnik tadbirlar amalga oshirilmoqda.

Viloyatda 69 ming gektar (95%) maydonda g‘o‘za qator orasiga birinchi ishlov berildi.

Buning uchun 255 ta yuqori unumli traktorlar, 131 ta yer tekislagichlar, 168 ta chizel, 104 ta borana, 46 ta chigit ekish seyalkalari - jami 433 ta agregatlar jalb etildi. Kultivatorchi mexanizatorlar, 33 730 nafar ishchi pudratchilar dala ishlariga jalb qilindi.

Talofat ko‘rgan tumanlarda tijorat banklari tomonidan berilgan kredit hisobidan amalga oshirilayotgan 42 ta loyixa qaytadan ko‘rib chiqilib, ko‘rilgan zararni sug‘urta hisobidan qoplab berilishi hisob-kitob qilinmoqda.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring