Sardobadagi falokatda bir Milliy gvardiya xodimi halok bo‘ldi, ikkinchisi qidirilmoqda
«Sardoba» suv omborida yuz bergan favqulodda holatning ilk soatlarida, tezkor guruh tarkibida evakuatsiya qutqaruv ishlarida ishtirok etgan Milliy gvardiyaning 2 nafar xodimi kuchli oqim sabab oqib ketgan.
Natijada, Milliy gvardiya harbiy xizmatchisi serjant Suyarov Xusniddin Zokirovich tabiiy ofatga qarshi kurashish jarayonida halok bo‘ldi, deya xabar bermoqda Milliy gvardiya matbuot xizmati.
«Xabar.uz» axborot-tahliliy portali marhumning oila a’zolari va yaqinlariga hamdardlik bildiradi.
Hozirda ikkinchi xodimni qidirish ishlari davom etmoqda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter