Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Sardoba. Hukumat komissiyasi tarkibida Ramatov yo‘q, Sanginov bor

Sardoba. Hukumat komissiyasi tarkibida Ramatov yo‘q, Sanginov bor

Foto: Xabar.uz

Kecha «Lex.uz» milliy qonunchilik bazasiga O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining «Sirdaryo viloyatida joylashgan Sardoba suv ombori to‘g‘onida yuzaga kelgan favqulodda hodisa oqibatlarini bartaraf etish bo‘yicha kechiktirib bo‘lmaydigan chora-tadbirlar to‘g‘risida»gi farmoyishi  joylashtirildi. Farmoyish shu yilning 1 may kuni imzolangan.

Mazkur farmoyishga bilan Sardoba suv ombori to‘g‘onidan suv toshishi oqibatlarini bartaraf etish va hodisa sabablarini o‘rganish bo‘yicha Hukumat komissiyasi tarkibi ham tasdiqlangan. Hukumat komissiyasi mamlakat bosh vazir Abdulla Aripov raislik qiladi. Favqulodda vaziyatlar vaziri (ayni paytda Prezident maslahatchisi) Tursinxon Xudoyberganov, bosh vazir o‘rinbosari O‘ktam Barnoyev va Sirdaryo viloyati hokimi G‘ofur Mirzayev komissiya raisining o‘rinbosarlari etib tayinlandi. 

Shuningdek,  Komissiya tarkibiga O‘zbekiston bosh prokurori, mudofaa, qurilish va moliya vazirlari, shuningdek, Milliy gavardiya qo‘mondoni, «O‘zbekiston temir yo‘llari» raisi va boshqalar qatori Sardoba, Oqoltin hamda Mirzaobod tumanlari hokimlari ham kiritilgan.

Hukumat komissiyasi tarkibiga bosh vazirning birinchi o‘rinbosari Ochilbay Ramatov kiritilmagan, biroq ro‘yxatda «O‘zgidroenergo» AJ raisi A. Sanginov bor.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring