Sardoba falokati yetkazgan zarar ko‘lami ma’lum qilindi

Bugun Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligida «Sardoba» suv omborida yuz bergan falokat tafsilotlari yuzasidan brifing bo‘lib o‘tdi.
Unda Favqulodda vaziyatlar vazirligi axborot xizmati rahbari Murod Sodiqov yetkazilgan zarar ko‘lami haqida ma’lumot berdi.
Sardobadagi falokat oqibatida Sardoba, Mirzaobod va Oqoltin tumanlarining jami 32 381 gektar maydonlari talofat ko‘rgan.
Toshqin 10 ta mahalla, 23 ta aholi punktlari hududidagi 4711 ta turar va 277 ta noturar joy ob’yektlari, 30718 gektar ekin maydonlariga zarar yetkazgan.
Sardoba tumanining Do‘stlik, Qo‘rg‘ontepa, Yurtdosh aholi punktlarida jami 743 bosh, Oqoltin tumani aholi punktlarida jami 551 bosh, Mirzaobod tumanidagi aholi punktlarida jami 1330 bosh nobud bo‘lgan hayvonlarning jasadlari ko‘mish yo‘li bilan zararsizlantirildi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter