Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Saratonga qarshi kurashda qahvaning foydasi aniqlandi

Saratonga qarshi kurashda qahvaning foydasi aniqlandi

Qahva saraton kasalligidagi simptomlarni yengillashtirishi mumkin. Bu haqda «SM-Klinika»ning bosh onkologi Aleksandr Seryakov «Izvestiya» nashriga bergan intervyusida ma’lum qildi.

Shifokorning so‘zlariga ko‘ra, gap faqat tarkibida kofein bo‘lgan tabiiy qahva haqida ketmoqda. Shifokor AQShning Milliy Onkologiya instituti tomonidan yaqinda o‘tkazilgan ilmiy kashfiyot haqida ham aytib o‘tgan.

Ta’kidlanishicha, qahvaning diqqatni jamlashda, xotira, ishlash qobiliyatini oshirish va umrini uzaytirish uchun foydali ekanligi aniqlangan.

«Qahva odamning tonusini, hissiy kayfiyatini yaxshilaydi, ayrim kasalliklarning rivojlanishiga to‘sqinlik qiladi. Shu jumladan saraton kasalligiga qarshi kurashadi», — degan Seryakov.

Olimlar 50 yoshdan 71 yoshgacha bo‘lgan 450 ming bemor ma’lumotlarini o‘rganishgan. Ma’lumot yig‘ish vaqtida ular saraton kasalligi bilan og‘rigan emas. Olimlar ularning ahvolini o‘n yil davomida muntazam kuzatgan. Bu davrda uch mingga yaqin odam melanoma bilan kasallangan.

Ekspertiza natijalarini o‘rganib chiqib, mutaxassislar shunday xulosaga kelishdi: odam qancha kofe ichsa, uning melanoma rivojlanish xavfi shunchalik past bo‘ladi. Kuniga to‘rt yoki undan ko‘p chashka kofe ichish bu kasallikning rivojlanish xavfini 20 foizga kamaytiradi.

Avvalroq, britaniyalik olimlar qahva surunkali jigar kasalligi xavfini kamaytirishi aniqlangan edi. Har qanday kofe ichuvchilarda surunkali jigar kasalligi yoki yog‘li jigar kasalligi rivojlanish xavfi 20 foizga kam bo‘lgan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring