Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Saratondan himoyalanishda foyda beradigan sabzavot nomi aytildi

Saratondan himoyalanishda foyda beradigan sabzavot nomi aytildi

Foto: Xabar.uz

Diyetolog Natalya Kruglova Sputnik radiosiga bergan intervyusida saraton kasalligidan himoya qiladigan sabzavot nomini ma’lum qildi.

Shifokorning fikriga ko‘ra, pomidor inson salomatligi uchun katta ahamiyatga ega. Unda odamlar uchun kuchli va muhim antioksidant bo‘lgan likopen mavjud.

«U organizmni yurak-qon tomir tizimi kasalliklari, shuningdek, saraton kasalligini keltirib chiqaradigan ta’sirdan himoya qiladi», — deydi mutaxassis. Likopen tufayli immun tizimining himoya hujayralari faollashadi.

Bundan tashqari, bu sabzavotlar tarkibida C vitamini, ozuqa tolasi, beta-karotin mavjud bo‘lib, ular terining, sochlarning, tirnoqlarning va ko‘rishning yaxshi holati uchun muhimdir.

Pomidordagi likopen issiqlik bilan ishlov berilganidan keyin ham saqlanib qoladi va tomat pastasida yangi sabzavotlarga qaraganda ko‘proq likopen mavjud.

Biroq, S vitamini tarkibiga ko‘ra, yangi pomidor afzalroqdir, chunki u issiqlik bilan ishlov berish paytida yo‘q bo‘lib qetadi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring