Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Saraton hujayralarini o‘ldiradigan preparat sinovdan muvaffaqiyatli o‘tdi

Saraton hujayralarini o‘ldiradigan preparat sinovdan muvaffaqiyatli o‘tdi

Foto: «Depositphotos / auntspray»

Shotlandiyalik olimlar sog‘lom to‘qimalarga zarar yetkazmagan holda saraton hujayralarini o‘ldirishga qodir dori vositasini muvaffaqiyatli sinovdan o‘tkazishdi, deb yozadi «Evening Standard» gazetasi.

«Edinburg universiteti olimlari saratonni o‘ldiradigan mitti SeNBD molekulasini xavfli hujayralarni uni «yutish»ga majbur qilish uchun kimyoviy oziq-ovqat birikmalari bilan birlashtirishdi. Saraton hujayralari «ochko‘z» bo‘lib, energiya olish uchun ko‘p oziq-ovqatga ehtiyoj sezadi va odatda sog‘lom hujayralardan ko‘ra ko‘proq narsani yutib yuboradi», — deya xabar berdi Edinburg universiteti.

SeNBDning kimyoviy oziq-ovqat birikmalari bilan kombinatsiyasi «zararli hujayralar uchun ideal o‘lja» bo‘lib, uni «zaharliligini bilmasdan» yutib yuboradi.

Ta’kidlanishicha, SeNBD molekulasi fotosensibilizator hisoblanadi — u hujayralarni faqat nurda o‘ldiradi. Bu shuni anglatadiki, jarroh preparatni qachon faollashtirishi mumkinligini aniqlay oladi, bu esa sog‘lom to‘qimalarga zarar yetkazishi va soch to‘kilishi kabi nojo‘ya ta’sirlar ehtimolini kamaytiradi.

Olimlar preparatni «Troya oti»ga, uning ta’sirini esa «metabolik jangovar kallak»ga qiyoslashadi. Shu bilan birga, ular preparatni qo‘shimcha sinovdan o‘tkazish zarurligini ma’lum qilishadi.

«SeNBD — hozirgi kunga qadar yaratilgan eng kichik fotosensibilizatorlardan biri bo‘lib, uni «Troya oti» sifatida ishlatish zararli hujayralarni atrofdagi sog‘lom to‘qimalarga ta’sir qilmasdan yo‘q qilish uchun intervension tibbiyotda ko‘plab yangi imkoniyatlarni ochib beradi», — deya gazeta yetakchi olim Mark Vendrellning so‘zlarini keltirgan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring