Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Sanoqli soatlar ichida yuzlab kishida koronavirus aniqlandi

Sanoqli soatlar ichida yuzlab kishida koronavirus aniqlandi

2020-yil 9-iyul soat 17:00 holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 11 447 (+188) nafarni tashkil etmoqda. Bu haqda SSV matbuot xizmati xabar berdi.

Yangi kasallanish holatlarining 104 nafari Karantin markazidagi fuqarolar (barchasi xorijdan kelgan) orasida, 56 nafari Toshkent shahrida (barchasi aholi orasida), 4 nafari Samarqand viloyatida (barchasi koronavirusga chalinganlar bilan muloqotda bo‘lib, karantinga olingan fuqarolar orasida), 24 nafari Qoraqalpog‘iston Respublikasida (shundan 14 nafari koronavirusga chalinganlar bilan muloqotda bo‘lib, karantinga olingan fuqarolar orasida, 10 nafari aholi orasida) aniqlangan.

Bugun poytaxtimizdagi Virusologiya ilmiy-tekshirish instituti klinikasida 22 nafar bemor tuzaldi.

Shunday qilib, yurtimizda ayni paytgacha 7 082 nafar (+22)  koronavirus infeksiyasiga chalingan ( 62 foiz) fuqarolar sog‘aygan.

Hozirda mamlakatimizda 4 316 nafar bemorga shifokorlarimiz tomonidan belgilangan standartlar bo‘yicha davo choralari ko‘rilmoqda.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring