Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Sanoatda o‘sish suratlari qaysi viloyatda eng yuqori ekani ma’lum qilindi

Sanoatda o‘sish suratlari qaysi viloyatda eng yuqori ekani ma’lum qilindi

Foto: Prezident matbuot xizmati

Birinchi yarim yillik natijalari asosida yil oxiriga qadar hududlar va tarmoqlarda barqaror iqtisodiy o‘sishni ta’minlash bo‘yicha videoselektor bo‘lib o‘tmoqda. Yig‘ilish davomida qayd etilgan ko‘rsatkichlar haqida ma’lumot berildi.

Unga ko‘ra, o‘tgan 6 oyda yalpi ichki mahsulot 6,2 foizga o‘sgani qayd etildi. Bunga asosan sanoat8,5 foiz, investitsiyalar 5,9 foiz va xizmatlar hajmi – 8 foizga oshgani hisobiga erishilgan.

O‘tgan olti oylik davr mobaynida jami 200  trillion so‘mlik sanoat mahsulotlari ishlab chiqarilgan. Shundan, Navoiy kon-metallurgiya – 26  trillion so‘m, to‘qimachilik – 15  trillion so‘m, Olmaliq kombinati – 14,5 trillion so‘m, elektr energiyasi korxonalari – 11 trillion so‘mlik mahsulotlar ishlab chiqarib, ularning ulushi jami sanoatda 37 foizni tashkil qildi.

Sanoatda yuqori o‘sish sur’atlari Qashqadaryoda – 26 foiz, Sirdaryoda23, Jizzaxda15, Toshkent shahrida – 14  va Namanganda12 foizni tashkil etdi.

Yig‘ilishda ta’kidlanishicha, ushbu o‘sish iqtisodiyot sohalarining o‘tgan yilga taqqoslaganda  bir maromda ishlashi hamda tashqi bozorlarda kon’yunkturaning yaxshilanishi hisobiga ro‘y bergan.

Iqtisodiy o‘sishni qo‘llab-quvvatlashda davlat resurslari ham hal qiluvchi omil bo‘lmoqda.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring