Sankt-Peterburgdagi yong‘inda hamyurtimiz jarohatlandi. Uning ahvoli og‘ir
O‘zbekistonning Sankt-Peterburg shahridagi Bosh konsulxonasi ma’lumotiga ko‘ra 2019-yilning 22 -kuni shahardagi sham zavodida yong‘in yuz bergan. Unda 2 kishi, jumladan O‘zbekiston fuqarosi A.O. jarohatlandi. Ular I.I.Djanelidze nomidagi Sankt-Peterburg tez yordam ilmiy-tadqiqot institutiga yotqizilgan. Bu haqda TIV axborotida aytilmoqda.
Kuyish natijasida jarohat olgan hamyurtimizning ahvoli og‘ir.
Bosh konsulxona vaziyatni nazoratga olgan va huquqni muhofaza qilish organlari va tibbiyot muassasalari bilan aloqa o‘rnatgan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter