Toshkent shahar hokimligi qo‘shiqchi Sanjayga ish taklif qildi
Toshkent shahar hokimligi ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan xonanda Sanjayning chiqishiga o‘z munosabatini bildirdi.
«Xonanda Sanjay dolzarb masalani ko‘targan bo‘lib, shahrimizda chiqindilar to‘planib qolmasligi uchun odamlarni befarq bo‘lmaslikka chaqirgan, ular tomonidan muzqaymoq qog‘ozlari, sigareta qoldiqlari, turli salqin ichimliklar idishlarini xohlagan joylarga tashlab ketayotganligini ta’kidlagan. Bunday salbiy holatlar ayniqsa, yoz paytida ko‘payib, go‘zal poytaxtimizning husniga dog‘ bo‘lishi tabiiy hol.
Shu bilan birga, shahrimiz ozodaligi uchun ko‘plab insonlar mehnat qilayotganligi va ularning munosib mehnatini ta’kidlashimiz ham lozim.
Toshkent shahar hokimligi xonanda Sanjayga poytaxtimiz tozaligiga munosib hissa qo‘shmog‘i uchun uni o‘zi istiqomat qilayotgan Shayxontohur tuman Obodonlashtirish bo‘limi rahbari lavozimiga ishga taklif etadi.
Xonanda Sanjaydan ushbu taklifni qabul qilishi uchun +998977015111 telefon raqamiga murojaat etish so‘raladi», deyiladi hokimlik xabarida.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter