«Navro‘z» qabullar uyi atrofidagi qurilishlar yuzasidan rasmiy izoh berildi
Ijtimoiy tarmoqlarda «Navro‘z» qabullar uyi buzilishiga oid xabarlar tarqaldi. Toshkent shahar hokimligi ushbu hududdagi qurilishlar yuzasidan izoh berdi.
«O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining o‘tgan 2020 yil 29 dekabrdagi Oliy Majlisga murojaatnomalarida berilgan topshiriqlari asosida Vazirlar Mahkamasining tegishli qaroriga muvofiq Milliy bog‘ hududida Alisher Navoiy nomidagi ijod maktabi, Alisher Navoiy nomidagi adabiyot muzeyining yangi binosi, yangi Milliy drama teatri binosi, mashhur yaponiyalik arxitektor Tadao Ando loyihasi asosida Davlat san’at muzeyining namoyishlari kompleksi, yosh olimlar, yoshlar va kitob ixlosmandlariga xizmat ko‘rsatishga mo‘ljallangan, ilm-fan va san’atning turli sohalariga oid bosma va elektron davriy nashrlarning ulkan salohiyatiga ega bo‘lgan hamda 1,5 mln dona kitoblar fondini o‘z ichiga olgan ulkan Kutubxona binosi qurilish ishlari boshlandi», deyiladi xabarda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter