Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Prokuratura poytaxt hokimligini sudga tortmoqda

Prokuratura poytaxt hokimligini sudga tortmoqda

Foto: «Xabar.uz»

Shayxontohur tuman prokuraturasi Toshkent shahar hokimligiga nisbatan sudda da’vo ochdi.

Gap shundaki, fuqaro S. Nogayning poytaxtning Navoiy ko‘chasidagi savdo qatorlarida (sobiq «yarmarka») joylashgan do‘koni bir necha yil avval buzib tashlangan bo‘lsa-da, buning uchun sariq chaqa tovon to‘lanmagani aytiladi.

Oradan yillar o‘tib, nihoyat, fuqaroning murojaaatiga jiddiy ravishda quloq tutildi. Natijada tuman prokuraturasi uning manfaatlarini ko‘zlab, fuqarolik ishlari bo‘yicha Uchtepa tumanlararo sudiga da’vo kiritdi. Unda buzib tashlanganligi uchun Toshkent shahar hokimligidan mulkdor foydasiga 1.200.000.000 so‘m zarar undirish so‘ralmoqda.

«Xabar.uz» so‘roviga ko‘ra, Bosh prokuratura matbuot xizmati sudga da’vo ariza shu yilning 2-dekabr kuni kiritilganini tasdiqladi. Yaqin kunlarda sud majlisi boshlanishi ehtimoli yuqori.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring