Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

«Samsung»da kimlar eng ko‘p maosh oladi?

«Samsung»da kimlar eng ko‘p maosh oladi?

Foto: «GlobalTimes»

Janubiy Koreyaning «Samsung» kompaniyasida 2021-yilda eng ko‘p maosh olgan top-menejerlar ma’lum bo‘ldi.

Mobil qurilmalar bo‘linmasining sobiq rahbari Don-Jin Kox 2021-yilda 11,8 mlrd von (9,63 mln dollar) ishlab topdi, jumladan, bonuslar — 4,04 mlrd von (3,3 mln dollar) va pensiya nafaqasi — 6,43 mlrd von (5,2 mln dollar). Kox dekabrda lavozimini tark etdi.

Kompaniyaning maishiy texnika bo‘linmasini boshqargan Kim Xyok Sok ham o‘tgan yili iste’foga chiqdi. U kompaniyaning Koxdan keyin eng ko‘p maosh olgan rahbari — 10,3 mlrd von (8,4 million dollar).

Ko‘p maosh oluvchilar orasida uchinchi — Kim Ki Nam o‘tgan yili yarimo‘tkazgichlar bo‘linmasini boshqargan, hozir esa kelajak texnologiyalarini tadqiq qilish va ishlab chiqish bo‘linmasiga rahbar. 2021-yilda u 8,64 milliard von (7 mln dollar) ishladi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring