Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

«Samsung» yangi «Galaxy S9» flagmanlarini rasman taqdim qildi

«Samsung» yangi «Galaxy S9» flagmanlarini rasman taqdim qildi

«Samsung» yangi «Galaxy S9» flagmanlarini rasman taqdim qildi

Foto: «NV.ua»

Janubiy Koreyaning «Samsung» kompaniyasi 25-fevral kuni o‘zining yangi — «Galaxy S9» va «Galaxy S9+» smartfonlari taqdimotini o‘tkazdi. Taqdimot Barselonada bo‘lib o‘tayotgan MWC 2018 anjumani doirasida tashkil etildi. Bu haqda «Ria Novosti» xabar berdi.

O‘qing: Yangi «Samsung Galaxy S9» smartfonining ko‘rinishi va imkoniyatlari qanday bo‘ladi? Sir tutilgan video

Gadjetlar dizayni avvalgi avlod flagmanlaridan faqat orqa panelidagi elementlarning vertikal joylashgani bilan farqlanadi. Barmoq skaneri funksiyasi kamera modeli ostida joylashgan, bu ob’yektiv kirlanishi oldini oladi.

«S9» va «S9+»da «cheksiz» displey diagonali mos ravishda 5,8 va 6,2 dyuymni tashkil etiladi, maksimal hajmi  — Quad HD+ (1440 x 2880 piksel). OZU hajmi 4dan 6 gigabaytgacha. Flagmanlarning ikkisi ham 64 gigabayt ichki xotira va «microSD» kartalari uchun slot bilan ta’minlangan.

Kichkina model 12 megapikselli sensor bilan ta’minlangan, kattasi ham xuddi shu ko‘rsatkichli, faqat qo‘shkameraga ega.

Yangi smartfonlar «Qualcomm Snapdragon 845» 10-nanometrli chip bazasidagi birinchi mobil qurilmaga aylandi.

Flagmanlarning rasmiy savdosiga 19-martdan start beriladi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring