«Samsung» kompaniyasi uchar displeyni patentladi

«Samsung» kompaniyasi odamning xatti-harakatini, shuningdek ko‘z va ovozli buyruqlarini izohlay oladigan displeyli uchar qurilmalarni yaratish niyatida. Kompaniya tomonidan olingan patent «Flying display device» bo‘lib, AQShda 2016-yilda taqdim etilganda. Biroq u oradan ikki yil o‘tibgina ro‘yxatga olindi, deb xabar berdi «NV.ua».
Displey patentlangan kvadrokopterning asosiy qismini egallaydi. Izohda aytilishicha, qurilma turli datchiklar, jumladan, akselerometr, GPS, Wi-Fi asosida ishlaydigan tizim, giroskop, harakatlar datchigi bilan jihozlanadi. Ovozlarni taniy olish texnologiyasi unga buyruqlarga nisbatan harakatlarni bajarish imkonini beradi.
Bundan tashqari patentda keltirilishicha, qurilmaning «birlashgan manipulyatori» parvozlar og‘ishini o‘zgartirishga va «to‘siqlarni yengib o‘tishga» yordam beradigan tizimi avtomatik tarzda ob’yektlar bilan to‘qnashuvning oldini oladi.
Dron-displeyning tezligi va yo‘nalishini ko‘z yoki qo‘l orqali boshqarish mumkin.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter