«Samsung» kompaniyasi «Galaxy S10 Lite» hamda «Galaxy Note 10 Lite»ni taqdim etdi
«Samsung» kompaniyasi «Galaxy S10 Lite» hamda «Galaxy Note 10 Lite» subflagmanlarini taqdim etdi. Smartfonlar yanvar oyi o‘rtalarida sotuvga chiqarilishi kutilyapti.
«Samsung Galaxy S10 Lite»
Smartfonga o‘rnatilgan AMOLED-ekran diagonali 6,7 dyuymga teng bo‘lib, Full HD+ tasvirlarga mo‘ljallangan.
Asosiy uchtalik kameraga ega: 48+12+5 Mpiks. Frontal kamerasi bitta: 32 Mpiks. Protsessor — Qualcomm Snapdragon 855. Operativ xotira — 6 yoki 8 Gbayt, asosiy xotira — 128 Gbayt. Akkumulyator sig‘imi — 4500 mAs. Operativ tizim — One UI ga moslashtirilgan Android 10.
Smartfon uch xil: qora, ko‘k va oq rangda chiqariladi.
«Samsung Galaxy Note 10 Lite»
Ekran — AMOLED (Full HD+), 6,7 dyuym.
Asosiy uchtalik kamera: 12+12+12 Mpiks. Frontal kamerasi bitta: 32 Mpiks. Protsessor — Exynos 9810. Operativ xotira — 6 yoki 8 Gbayt, asosiy xotira — 128 Gbayt. Akkumulyator sig‘imi — 4500 mAs. Operativ tizim — One UI ga moslashtirilgan Android 10.
«Galaxy Note 10 Lite»ning o‘ziga xos jihati — S Pen stilusi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter