Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

«Samsung» ikki xil yangi arzon smartfonini taqdim etdi — Galaxy M

«Samsung» ikki xil yangi arzon smartfonini taqdim etdi — Galaxy M

Foto: «GSMArena»

«Samsung» kompaniyasi 4 mart kuni yangi modeldagi arzon smartfonlari — Galaxy M23 va M33 ni taqdim etdi. 

Texnik xususiyatlari juda yaqin har ikki smartfonga 6,6 dyuymli TFT-displeylar (1080p) o‘rnatilgan, kameralari: 50 MP — asosiy, 8 MP — keng burchakli, 2 MP — chuqurlik uzatgichli.

Galaxy M33ning batareyasi sig‘imliroq — 6000 mAs, shuningdek qo‘shimcha 2 MP makrokamerasi va operativ xotirasi kattaroqligi bilan ajralib turadi.

Galaxy M23 batareyasi — 5000 mAs, xotirasi — 4/128 GB.

Smartfonlarning tashqi dizayni farqlanadi, buni kameralarining joylashuvidan ham bilish mumkin. To‘rt kameralisi — Galaxy M33.

Hozircha smartfonlarning narxi va qachon sotuvga chiqarilishi e’lon qilinmagan. Har ikkisi kompaniyaning «budjet smartfonlari» toifasiga kiritilgan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring