Sammit yakkama-yakka suhbat tarzida boshlanadi

AQSh prezidenti Donald Tramp va Shimoliy Koreya yetakchisi Kim Chen Inning uchrashuvi ertaga, 12-iyun, seshanba kuni faqat tarjimonlar ishtirokida yakkama-yakka tarzda boshlanadi. Bu haqda «RIA Novosti» xabar bermoqda.
Ikkala davlat rahbarlarining uchrashuvi mahalliy vaqt bilan soat 9:00 da boshlanadi.
«Salom-alikdan so‘ng ikkala rahbar yakkama-yakka muzokara olib boradi. Ularning yonida faqat tarjimonlar bo‘ladi. Uchrashuv kengaytirilgan tarzda hamda tushlik dasturxoni atrofida davom etadi», — deyiladi xabarda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter