Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

SamDUda o‘tkazilgan test sinovlarini Bosh prokuratura tekshirmoqda

SamDUda o‘tkazilgan test sinovlarini Bosh prokuratura tekshirmoqda

Samarqand davlat universitetida o‘tkazilgan test sinovlari nazorat kameralarini Bosh prokuratura o‘rganmoqda. Bu haqda Milliy matbuot markazida test sinovlari yakunlari bo‘yicha Davlat test markazi mutasaddilari bilan matbuot anjumanida ma’lum qilingan.

Yig‘ilishda ishtirok etgan DTM direktori o‘rinbosari Qahramon Haqberdiyevga bu yil ijtimoiy tarmoqlarda keng tarqalgan Samarqand davlat universitetida davlat test sinovlari shaffof bo‘lmagani haqidagi xabarlar qanchalik to‘g‘ri ekani haqida so‘ralgan.

Qahramon Haqberdiyev bu haqda hali aniq bir narsa deyolmasligini ta’kidlarkan: "Mazkur test sinovlari o‘tkazilgan joyga o‘rnatilgan nazorat kameralarining yozuvini Bosh prokuratura o‘rganmoqda, ishlar nihoyasiga yetgach OAVga albatta xabar beriladi", – deb aytgan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring