Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Samarqandlik bosh shifokor vafot etdi

Samarqandlik bosh shifokor vafot etdi

Pirmuhammad Mahmudov.

Samarqand shahar sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi markazi bosh shifokori Pirmuhammad Mahmudov 49 yoshida vafot etdi. Bu haqda shahar hokimligi axborot xizmatiga tayainib «Daryo» ma’lum qildi.

Xabar berilishicha, markaz bosh shifokori 27-oktyabr kuni vafot etgan.

Marhum Pirmuhammad Mahmudov 1971-yilda Samarqand viloyatining Qo‘shrabod tumanida tug‘ilgan bo‘lib, 1994-yilda Toshkent tibbiyot institutini tamomlagan.

2004-yildan boshlab Samarqand shahar sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi markazida vrach-epidemiolog, bosh vrach o‘rinbosari, 2018-yildan boshlab esa bosh shifokor vazifasida ishlab kelgan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring