Samarqandlik shifokor pichoqlagan erkak shifoxonaga yetmay joni uzildi

Kecha, 21-mart kuni Samarqand tumanida noxush hodisa sodir bo‘ldi. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi IIV jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boshqarmasi xabar berdi.
Ma’lum bo‘lishicha, Zaxlik mahallasida yashovchi, Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi (RShTYoIM) Samarqand viloyati filiali shifokori, 1974-yilda tug‘ilgan M.Eshonqulov uyi oldida o‘zaro janjal oqibatida, Navbog‘ mahallasida yashagan, 1965-yilda tug‘ilgan M.Xojiyevning ko‘krak va qorin qismiga pichoq bilan urib jarohat yetkazgan.
Natijada M.Xojiyev kasalxonaga olib ketilayotganida vafot etgan. M.Eshonqulov qo‘lga olingan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter