Samarqandlik oila 6 nafar tarbiyalanuvchini o‘z qaramog‘iga oldi
Samarqand shahrida istiqomat qiluvchi Xusenovlar oilasi Samarqand shahridagi 1-Mehribonlik uyining 6 nafar tarbiyalanuvchisini o‘z qaramog‘iga oldi. Endi bu bolalar ushbu oila bag‘rida ulg‘ayishadi.
Milliy gvardiya viloyat boshqarmasi axborot xizmatining ma’lum qilishicha, joriy yildan yo‘lga qo‘yilgan yangi tizim bo‘yicha viloyat bo‘yicha 24 nafar bolajonlar o‘z ota-onasi bag‘riga qaytarilgan. 17 nafar mehribonlik uyi tarbiyalanuvchisi oila sharoitida ta’lim-tarbiya olish uchun oilalarga berilgan edi.
Yaqinda viloyatning Oqdaryo tumani va Samarqand shahrida ilk oilaviy bolalar uylari tashkil etilib, 1-Mehribonlik uyining 10 nafar tarbiyalanuvchilari mazkur oilalarga berilgandi.
Avgust oyida Farg‘ona tumani Cheksho‘ra MFYda istiqomat qiluvchi Valiyevlar oilasi Marg‘ilon shahridagi 1-sonli Mehribonlik uyidan 6 bolani asrab olgani haqida xabar berilgandi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter