Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Samarqandda «o‘lpon» yig‘uvchi bir guruh sportchilar qo‘lga olindi

Samarqandda «o‘lpon» yig‘uvchi bir guruh sportchilar qo‘lga olindi

Foto: Samarqand viloyati IIB axborot xizmati

Samarqand shahrida yashovchi bir guruh sportchilar «Samarqand-Navoiy» yo‘nalishdagi avtoshox bekatni zo‘ravonlik va o‘zboshimchalik bilan noqonuniy ravishda egallab olib, haydovchilardan ushbu yo‘nalishga kirish uchun 500 AQSh dollari, kunlik qatnovchi haydovchilardan esa 50.000 so‘mdan pullarni tovlamachilik yo‘li bilan olib kelishgan.

O‘zbekiston Respublikasi IIV JQBB, DXX, Prokuratura, hamda viloyat IIB JQB Uyushgan jinoyatchilikka qarshi kurash bo‘limi xodimlari hamkorligida tezkor tadbir o‘tkazilib, ushbu faoliyat bilan shug‘illanib kelayotgan 7 nafar shaxs qo‘lga olinib, ularning jinoiy faoliyatiga chek qo‘yildi.

Aniqlanishicha, Samarqand shahar «Gala Osiyo» mahallasida yashovchi 1985 yilda tug‘ilgan Sh.D. ushbu jinoiy guruhga yetakchilik qilgan.

Mazkur holat yuzasidan Samarqand shahri buyicha IIO FMB huzuridagi TB tomonidan Sh.D. va boshqa shaxslarga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 165-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring