Samarqandda soliqchi, Namanganda advokat qamoqqa olindi
Davlat xavfsizlik xizmatining Samarqand viloyati bo‘yicha boshqarmasi xodimlari tomonidan Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamentining hududiy boshqarmasi bilan hamkorlikda tezkor tadbir o‘tkazildi.
Unda viloyat Davlat soliq boshqarmasi soliq nazorati bo‘limi bosh inspektori Pastdarg‘om tumanida faoliyat yurituvchi mas’uliyati cheklangan jamiyatda o‘tkazilgan tekshiruvda aniqlangan 2,5 mlrd so‘mlik soliq qarzdorligini ushbu tekshiruvni o‘tkazgan hamkasbi orqali 1 mlrd so‘mga tushirib berish evaziga 15 ming AQSh dollari olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlandi.
Boshqa bir holatda esa Namangan shahrida faoliyat yurituvchi advokatlik firmasi advokati mahalliy fuqaroning ma’muriy sudda ko‘rilayotgan mulkiy nizo bilan bog‘liq masalasini sud idoralarida ishlovchi tanishlari orqali uning foydasiga hal qilib berish evaziga 10 ming AQSh dollari, shuningdek, ko‘rilayotgan ish doirasida ekspertiza xulosasini rasmiylashtirib berish evaziga 2 ming AQSh dollari, jami 12 ming AQSh dollari talab qilib, oldindan 7 ming AQSh dollari olgan vaqtida Davlat xavfsizlik xizmatining Namangan viloyati bo‘yicha boshqarmasi, viloyat prokuraturasi va Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti xodimlari tomonidan ushlandi.
Hozirda mazkur shaxslarga nisbatan Jinoyat Kodeksining 168 (firibgarlik) va 28,211 (pora berish) -moddalari bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, qamoqqa olish tarzidagi ehtiyot chorasi qo‘llanildi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter