Samarqandda qizni «uyatsiz fotolari» bilan shantaj qilgan yigit ushlandi
Samarqand viloyati hududida ikki holatda sharmandali suratlarni internetda tarqatib yuborish bilan qo‘rqitib, fuqarolardan pul talab qilgan shaxslar qo‘lga olindi. Bu haqda Samarqand viloyati IIB axborot xizmatining ma’lum qildi.
Qayd etilishcha, 2021-yil 16-yanvar kuni Urgut tumanida yashovchi, X. ariza bilan murojaat qilib, Surxondaryo viloyatida yashovchi X.U. telefon qilib, qaynsinglisini o‘zi bilan tushgan uyatli fotolari borligi, ushbu fotolarni ijtimoiy tarmoqlarga tarqatmaslik evaziga 800 AQSh dollari talab qilayotganligini bayon qilib, unga nisbatan qonuniy chora ko‘rishni so‘ragan.
2021-yil 17-yanvar kuni, Urgut tumani bo‘yicha IIO FMB JQB xodimlari tomonidan Samarqand shahridagi «Samarqand-Toshkent» avtobekati oldida o‘tkazilgan tezkor tadbir davomida, X.U. ariza muallifidan qonunga xilof ravishda 500 AQSh dollari va 1,6 million so‘m pullarni olib, uyatsiz fotolar mavjud bo‘lgan telefon apparatini X. ga bergan vaqtida jinoyat ustida qo‘lga olinib, hujjatlashtirib olingan.
Shuningdek, Jomboy tumanida yashovchi, E.ga ham Samarqand shahar Sug‘diyona maskanida yashovchi tanishi unga telefon qilib, uning yalang‘och tushgan rasmlari telefon apparatida borligini, 2000 AQSh dollar bermasa, ushbu rasmlarni internet tarmog‘iga joylashtirishni aytib, undan pul so‘ragan.
2021-yil 16-yanvar kuni Samarqand shahri bo‘yicha IIO FMB JQB xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda, fuqaro M.F. ariza muallifidan tadbirda ishlatilgan 1000 AQSh dollarini olayotgan vaqtida ushlanib, hujatlashtirib olingan.
Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 165-moddasi (Tovlamachilik) 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter