Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Samarqandda qariyb 5 mlrd. so‘mlik sifatsiz alkogol aniqlandi

Samarqandda qariyb 5 mlrd. so‘mlik sifatsiz alkogol aniqlandi

Foto: Prokuratura departamenti.

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Samarqand viloyat boshqarmasi tomonidan viloyat IIB JQB va bojxona boshqarmasi xodimlari hamkorligida iste’molga yaroqsiz alkogol mahsulotlarini muomalaga kiritilishining oldini olish borasida tezkor qidiruv tadbiri o‘tkazilgan.

Unda Toshkent viloyati, Parkent tumanida faoliyat yurituvchi «B.G.» MChJ ta’sischisi M.O. va uning sherigi Sh.J. Samarqand shahri, «Madadkor» MFY hududida joylashgan uyning omborxonasida hech qanday hujjatsiz 30 xil turdagi 134 597 dona umumiy bahosi 4 mlrd 945 mln so‘mlik alkogol mahsulotini Samarqand shahrida o‘tkazish maqsadida saqlab kelganliklari aniqlanib, ushbu mahsulotlar ashyoviy dalil sifatida olingan.

O‘tkazilgan ekspertiza xulosalariga ko‘ra, ushbu alkogol mahsulotlarining aksiz markalari qalbakiligi hamda iste’molga yaroqsiz ekanligi qayd etilgan.

Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 176-moddasi (qalbaki pul, aksiz markasi yoki qimmatli qog‘ozlar yasash, ularni o‘tkazish) va 186-1-moddasi (etil spirti, alkogolli mahsulot va tamaki mahsulotini qonunga xilof ravishda ishlab chiqarish yoki muomalaga kiritish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring