Samarqandda o‘z joniga qasd qilgan shaxs cho‘ntagidan xat chiqdi. Unda...
Shu yilning 22 fevral kuni Samarqandning Payariq tumani Ko‘ktepa qishlog‘idagi raqamsiz uyda qirq yashar J.G. o‘zini o‘zi osib, joniga qasd qilgan. Bu haqda «Xabar.uz»ga Bosh prokuratura matbuot xizmati ma’lum qildi.
Eng dahshatlisi - marhumning cho‘ntagidan topilgan xatda u besh kun burun - 17 fevral kuni Jizzax shahri Kimyogar mahallasidagi xonadonda o‘z turmush o‘rtog‘i N.ni (1991 y.t.) qasddan o‘ldirib, ustidan qulflab ketganini bayon qilgan edi.
Marhum xatida ko‘rsatilgan xonadon ko‘zdan kechirganida, darhaqiqat, ayol kishining murdasi qotillik alomatlari bilan topildi.
Holat yuzasidan shu kuniyoq Jinoyat kodeksining 97-moddasi 1-qismi (qasddan odam o‘ldirish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi. Tergov harakatlari olib borilmoqda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter