Samarqandda o‘tadigan ShHT sammitida tarixiy voqea kutilyapti

2022 yil sentyabrda Samarqand shahrida O‘zbekiston mezbonligi ostida o‘tadigan Shanxay hamkorlik tashkiloti (ShHT) sammitida o‘ziga xos tarixiy voqelik kuzatiladi. Bu haqda ShHT bosh kotibi Rashid Alimov ma’lum qildi.
ShHTning Ashxobod sammitida Eron islom respublikasini tashkilotga a’zo qilish bo‘yicha tarixiy qaror qabul qilingandi. Samarqandda o‘tadigan sammitda Eron ShHTning 9-a’zosi sifatida ishtirok etadi.
ShHT mintaqadagi yirik tashkilotga aylanib boryapti. Xitoy, Rossiya, O‘zbekiston, Qozog‘iston, Tojikiston, Qirg‘iziston kabi davlatlarga o‘tgan yillarda Hindiston va Pokiston ham qo‘shilgandi. Kuzatuvchi maqomida esa Afg‘oniston, Ozarbayjon, Armaniston, Belarus, Misr, Kambodja, Qatar, Mo‘g‘uliston, Nepal, Saudiya Arabistoni va Turkiya ham bor.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter