30-dekabr kuni Samarqand viloyati Oqdaryo tumanida «Neksiya» rusumli avtomashina haydovchisi boshqaruvni yo‘qotish natijasida suv kanaliga tushib ketgan. Bu haqda FVV matbuot xizmati xabar berdi.
Mashina salonida haydovchi va bir nafar yo‘lovchi bo‘lgan.
Hodisa oqibatida tan jarohati olgan va xalok bo‘lganlar yo‘q.
Voqea joyiga zudlik bilan tuman FV bo‘limi qutqaruvchilari va tegishli xizmat xodimlari yetib kelgan. Qutqaruvchililar va maxsus texnika yordamida olib borilgan harakatlar natijasida avtomashina kanaldan olib chiqildi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter