Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Samarqandda mudhish qotillikka qo‘l urgan erkak sud qilindi

Samarqandda mudhish qotillikka qo‘l urgan erkak sud qilindi

Samarqand viloyatining Pastdarg‘om tumanida xotini va qaynonasining qotiliga aylangan erkakka sud hukmi o‘qildi. Bu haqda «Yangi Davr» dasturida ma’lum qilindi.

Qayd etilishicha, 2021 yil 18 iyul kuni soat 23:00 larda spirtli ichimlik va giyohvand modda ta’sirida bo‘lgan O. ota uyiga arazlab ketib qolgan ayolining oldiga borgan.

U yerda oldindan kelishmay yurgan qaynonasi va xotini bilan janjallashib, ularni qo‘l va oyoqlari bilan shavqatsizlarcha urib-tepgan. Bunga guvoh bo‘lgan qaynukasini ham do‘pposlagan.

Badanning turli joylariga berilgan zarbalar oqibatida xotini ham, qaynonasi ham vafot etgan.

Sud hukmi bilan aybdor er Jinoyat kodeksining 59-moddasi (bir necha jinoyat sodir etganlik uchun jazo tayinlash) tartibida 24 yil 6 oy ozodlikdan mahrum qilindi va jazoni umumiy tartibli koloniyada o‘tash belgilandi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring