Samarqandda itni shafqatsizlarcha o‘ldirgan xitoylik jazolandi
Ijtimoiy tarmoqda itni temir bo‘lagi bilan urib o‘ldirib hayvonlarga shafqatsiz munosabatda bo‘lgan shaxs videosi tarqaldi.
Samarqand viloyati IIB hodisa bo‘yicha tafsilotlarni e’lon qildi.
Tezkor surishtiruv ishlari natijasida Kattaqo‘rg‘onda ushbu holatni sodir etgan erkak Xitoy xalq Respublikasi fuqarosi HAO SIHUA ekanligi aniqlandi va unga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi Kodekisining 111-moddasi 1-qismi bilan ma’muriy bayonnoma rasmiylashtirilgan.
Ushbu modda bilan bazaviy hisoblash miqdorining uch barobari miqdorida (900.000 (to‘qqiz yuz ming) so‘m) jarima jazosi tayinlanib, qo‘shma korxonaning qolgan ishchilari va rahbarlari bilan qayta shu turdagi huquqbuzarlikni sodir etmasligi yuzasidan tarjimon xizmatidan foydalanib profilaktik ishlar olib borildi, deyiladi IIB xabarida.
Eslatib o‘tamiz, o‘tgan yili Jizzaxda itni shafqatsizlarcha kuydirgan xitoylik ishdan ketkazilgandi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter