Samarqandda is gazidan yosh er-xotin vafot etgani tasdiqlandi. Ikki kun avval ularning nikoh to‘yi bo‘lgan ekan...
Kecha Samarqand viloyatining Paxtachi tumani Istiqlol mahalla fuqarolari yig‘inidagi xonadonlarning birida qo‘lbola pechdan is gazi sizib chiqishi oqibatida yosh er-xotin vafot etgani xabari berilgandi.
Mazkur holatni Bosh prokuratura matbuot xizmati tasdiqladi. Unga ko‘ra, holat bo‘yicha tuman prokuraturasi tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari o‘tkazilmoqda.
Fojia bo‘yicha yana bir ma’lumot: marhumlarning ikki kun avval nikoh to‘yi bo‘lgan ekan...
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter